Asosiy kontentga oʻtish
A. Rajabov

Robototexnika va IoT qurilmalar

Harorat, namlik, elektr, suv yoki eshik holatini sensorlar kuzatadi — maʼlumot telefoningizga real vaqtda keladi, muammo boʻlsa darhol xabar beriladi.

Narxni hisoblash

2-qadam / 3
Hajm

Taxminiy narx

3 mln soʻmdan

Muddat

Kelishiladi

Aniq narx vazifani koʻrgandan keyin, ish boshlanishidan oldin kelishiladi.

Nazorat qoʻlda boʻlsa nima yoʻqotasiz

Har kuni sezilmay ketadigan yoʻqotishlar:

  1. 01

    Muammo kech bilinadi

    Muzlatkich buzilgani yoki xona qizib ketgani ertalab, mahsulot buzilgandan keyin maʼlum boʻladi.

  2. 02

    Odam har joyda turolmaydi

    Uskunani kuzatish uchun xodim doim yonida boʻlishi kerak — bu qimmat va ishonchsiz.

  3. 03

    Maʼlumot yozilmaydi

    Koʻrsatkichlar daftarga qoʻlda yoziladi yoki umuman yozilmaydi — tahlil qilish imkoni yoʻq.

  4. 04

    Tayyor qurilma mos kelmaydi

    Doʻkondagi qurilmalar sizning vazifangizga toʻliq javob bermaydi yoki juda qimmat.

Nima oʻzgaradi

  • Sensorlar 24/7 kuzatadi

    Qurilma koʻrsatkichlarni doimiy oʻlchaydi va onlayn panelga yuboradi.

  • Ogohlantirish darhol

    Meʼyordan chiqqan holat boʻlsa — Telegramga xabar keladi.

  • Vazifangizga moslab

    Qurilma va dasturi aynan sizning ehtiyojingiz uchun loyihalanadi.

Tariflar

Narx ishdan oldin yozma kelishiladi. Toʻlov bosqichma-bosqich.

  • Prototip

    Gʻoyani ishlaydigan qurilmaga aylantirish.

    • Arduino yoki ESP32
    • 1–3 ta sensor
    • Ishlaydigan namuna
    Nimalar kiradi
    • Vazifani tahlil qilish
    • Komponentlarni tanlash
    • Sxema va yigʻish
    • Kontroller dasturi
    • Sinov va sozlash
    • Ishlatish boʻyicha qoʻllanma
    • Ishga tushirgach 1 oy bepul tuzatish

    Kirmaydi: sanoat korpusi va ommaviy ishlab chiqarish.

    3 mln soʻmdan

    Muddat: Kelishiladi

    Buyurtma berish
  • Koʻp tanlanadi

    IoT monitoring

    Sensor maʼlumotlari onlayn panelda va Telegramda.

    • Onlayn panel
    • Telegram ogohlantirish
    • Maʼlumotlar tarixi
    Nimalar kiradi
    • Hammasi “Prototip”dan
    • Wi-Fi orqali maʼlumot yuborish
    • Onlayn panel va grafiklar
    • Meʼyordan chiqqanda Telegram xabar
    • Maʼlumotlar tarixi va eksport
    • Bir nechta qurilmani ulash imkoniyati
    • Joyida oʻrnatish

    Kirmaydi: GSM modem va mobil aloqa toʻlovlari.

    Kelishiladi

    Muddat: Kelishiladi

    Buyurtma berish
  • Avtomatlashtirish

    Qurilma nafaqat kuzatadi, balki boshqaradi ham.

    • Rele va aktuatorlar
    • Masofadan boshqarish
    • Avtomatik rejimlar
    Nimalar kiradi
    • Hammasi “IoT monitoring”dan
    • Rele, motor va klapanlarni boshqarish
    • Telefondan masofadan boshqarish
    • Jadval va shart boʻyicha avtomatik rejim
    • Xavfsizlik blokirovkalari
    • Xodimlarga oʻrgatish

    Kirmaydi: yuqori kuchlanishli elektr ishlari (litsenziyali mutaxassis bilan).

    Kelishiladi

    Muddat: Kelishiladi

    Buyurtma berish

Odatda qanday — men bilan qanday

Koʻp hollardaMen bilan
NarxIsh davomida qoʻshimcha toʻlovlar chiqib qoladiIshdan oldin yozma beriladi va oshmaydi
ToʻlovKoʻpincha toʻliq oldindanBosqichma-bosqich: koʻrdingiz — toʻladingiz
TuzatishlarHar bir tuzatish alohida pulIshga tushgach 1 oy bepul
Kod egaligiKod ijrochida qoladiKod va domen toʻliq sizniki
Ishdan keyin aloqaMenejer orqali, javob kutishToʻgʻridan-toʻgʻri dasturchi bilan, Telegramda

Ish jarayoni

Har bir qadamda nima olishingizni oldindan bilasiz.

  1. Tanishuv

    Telegramda yoki qoʻngʻiroqda 15–30 daqiqa gaplashamiz: hozir ish qanday yuradi, nima ogʻriydi.

    Siz olasiz:vazifaning aniq roʻyxati

  2. Narx va muddat

    Roʻyxat boʻyicha narx va muddatni yozma beraman — ish boshlanishidan oldin.

    Siz olasiz:oʻzgarmaydigan narx va reja

  3. Ekranlar

    Asosiy ekranlarni oldindan koʻrsataman, siz tasdiqlaysiz yoki tuzattirasiz.

    Siz olasiz:tizim qanday koʻrinishini oldindan koʻrasiz

  4. Bosqichma-bosqich ishlab chiqish

    Har bosqich oxirida ishlaydigan versiyani koʻrsataman, toʻlov ham bosqichlarga boʻlingan.

    Siz olasiz:har bosqichda ishlaydigan natija

  5. Ishga tushirish

    Tizimni serverga qoʻyaman, xodimlaringizga koʻrsatib beraman.

    Siz olasiz:kod va domen sizniki, 1 oy bepul tuzatish

Savollar

  • Harorat va namlikni kuzatish (ombor, issiqxona, server xonasi), suv sathi, elektr isteʼmoli, eshik va harakat sensorlari, oddiy avtomatika — rele orqali yoqish-oʻchirish.

  • Qurilma oʻlchashni davom ettiradi va maʼlumotni saqlaydi. Internet qaytgach — panelga yuboradi.

  • Narx ish uchun. Komponentlar roʻyxati va ularning narxini oldindan yozma beraman — xohlasangiz oʻzingiz xarid qilasiz.

  • Ha. Robototexnika boʻyicha sertifikatim bor va avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimini oʻzim loyihalab, oʻrnatganman.

Vazifangizni yozing

Qisqacha yozing — qaysi jarayon, qancha xodim, nima ogʻriydi. Javobda narx va muddat boʻyicha taklif beraman.

yoki formani toʻldiring →

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.

Ariza qoldirish

Kontaktlaringizni qoldiring — sizga qoʻngʻiroq qilaman, vazifani muhokama qilib, narxini aytaman.